laWaiter

laWaiter — ofitsiant ilovasi. Faqat o’z stollari, ortiqcha shovqinsiz

Dilshodga 1–6-stollar biriktirilgan. 4-stol ofitsiant chaqirdi — push faqat Dilshodga keladi. 2-stol hisob so'radi — u ham. Boshqa 20 stol uni bezovta qilmaydi. Smena ochadi, buyurtma oladi, kun oxirida yopadi. Telefon kassani Wi-Fi'da o'zi topadi.

Kim uchun

3 va undan ko'p ofitsiantli restoranlar, tashqi zali bor choyxonalar, kalyanchi va barmen alohida ishlaydigan joylar.

Faktlar

Platforma
iPhone va Android telefon
Ulanish
Lokal Wi-Fi, laBranch yoki laBoard'ni avtomatik topadi
Bildirishnoma
APNs push (iPhone), Telegram parallel
Imkoniyatlar
O'z stollari bo'yicha chaqiruv va hisob, smena ochish/yopish, buyurtma olish
Narx
100 000 so'm/oy har ofitsiant qurilmasi + filial bazasi 500 000 so'm/oy
Talab
Filialda laBranch (Windows 10/11) yoki laBoard

Nima beradi

Ofitsiant telefoni: o'z stollari, chaqiruvlar, hisob so'rovlari, smena.

Faqat o'z stollari

Chaqiruv va hisob so'rovi ofitsiantga biriktirilgan stollardan keladi. Umumiy chatda 40 xabar ichidan o'zinikini qidirish yo'q.

Xodim turi bo'yicha chaqiruv

Mehmon «Kalyanchi»ni tanladi — chaqiruv kalyanchiga. «Barmen» — barmenga. Ofitsiant o'z ishi bilan band.

Push keladi, ekran yonadi

APNs push: telefon cho'ntakda bo'lsa ham. Har bosish alohida chaqiruv, «qabul qildim» barcha takrorlarni yopadi.

Smena va buyurtma

Smena ochish/yopish telefondan. Buyurtmani stol yonida olish — kassaga tushadi, oshxonada chek chiqadi. Kassaga yugurish yo'q.

Samaradorlik hisoboti

Kim nechta buyurtma oldi, chaqiruvga necha soniyada javob berdi, smena qancha davom etdi. Admin panelda, ofitsiant bo'yicha.

Qanday ishlaydi

Qanday ishlaydi

  1. 01

    Xodimni havola bilan taklif qiling

    Admin panelda ofitsiant yaratasiz, turini belgilaysiz (ofitsiant, barmen, kalyanchi), taklif havolasini yuborasiz.

  2. 02

    Stollarni biriktiring

    Dilshod — 1–6, Aziz — 7–12, tashqi zal — Sardor. Smena ichida o'zgartirish mumkin.

  3. 03

    Telefon kassani o'zi topadi

    Restoran Wi-Fi'siga ulanadi, laBranch yoki laBoard'ni LAN'da avtomatik topadi. Sozlama yo'q.

  4. 04

    Smena, chaqiruvlar, buyurtmalar

    Smenani ochadi. Chaqiruv keldi — qabul qiladi. Hisob so'raldi — yopadi. Buyurtma oladi. Kun oxirida smenani yopadi.

Savol-javob

laWaiter narxi qancha?

100 000 so'm/oy har ofitsiant telefoni uchun. 3 ofitsiant = 300 000 so'm/oy, filial bazasi 500 000 so'm alohida. Telefon ofitsiantning o'ziniki bo'lishi mumkin.

iiko bilan ishlaydimi?

Ha. Ofitsiant olgan buyurtma laBranch orqali iiko'ga tushadi, chek va oshxona chopi iiko'dan chiqadi. r_keeper bilan ham ishlaydi.

Internet uzilsa nima bo’ladi?

Telefon kassaga lokal Wi-Fi orqali ulangan — chaqiruv, hisob, buyurtma ishlayveradi. Faqat Telegram bildirishnomasi internet qaytguncha kutadi.

Nechta ofitsiant ulash mumkin?

Chegara yo'q. Har ofitsiant, barmen, kalyanchi o'z telefoni bilan. Hammasi admin panelda: kim smenada, kim qaysi stolda.

Telegram guruh yetmaydimi?

Telegram ham bor va ishlaydi (zal bo'yicha yo'naltirish, forum mavzular). Farqi: laWaiter'da ofitsiant faqat o'z stollarini ko'radi, smena ochadi, buyurtma oladi. Telegram — hamma uchun umumiy xabar.

Qaysi tillarda?

O'zbek, rus, ingliz. Ofitsiant o'z tilini tanlaydi, menyu uchala tilda ko'rinadi.

Birinchi stolni bugun ulang.

Telegram yoki email orqali yozing — bir kunda demo o'rnatamiz, o'z menyungiz bilan.