Maxfiylik siyosati

Ushbu siyosat laCafe platformasiga va uning ilovalariga — laTable (mehmon plansheti), laBoard (kassa ekrani), laWaiter (ofitsiant ilovasi), laCourier (kuryer ilovasi), laCollector (kassir/inkassator ilovasi), laKiosk va laMenu (menyu plansheti) — taalluqli. Ilovalar restoranlar uchun ish quroli: ular buyurtma jarayonini boshqaradi va restoran xodimlari tomonidan ishlatiladi.

Oxirgi yangilanish: 2026-10-08

1. Umumiy tamoyillar

Ma'lumotlar reklama uchun ishlatilmaydi, sotilmaydi va boshqa kompaniyalarning ilova yoki saytlarida sizni kuzatish (tracking) uchun ishlatilmaydi. Ilovalarda reklama tarmoqlari yo'q.

Ilovalar kontaktlar, foto-galereya, kamera yoki mikrofonga murojaat qilmaydi. Geolokatsiyadan faqat laCourier foydalanadi (4-bo'lim); boshqa ilovalar joylashuvga murojaat qilmaydi.

laTable, laBoard, laWaiter va laKiosk'da analitika yoki crash-hisobot SDK'lari yo'q (laWaiter Android'da faqat push uchun Firebase Cloud Messaging bor). laCourier, laCollector va laMenu Google Firebase'dan foydalanadi (8-bo'lim).

2. Barcha ilovalarda qayta ishlanadigan ma'lumotlar

Buyurtma ma'lumotlari: tanlangan taomlar, miqdor, stol raqami, vaqt va summa. Bu ma'lumot restoranga buyurtmani tayyorlash va hisob-kitob qilish uchun kerak.

Qurilma tokeni: planshet/telefon restoran tizimiga ulanganda unga texnik token beriladi va u qurilmaning himoyalangan Keychain xotirasida saqlanadi.

Texnik jurnal: xatoliklarni tuzatish uchun ilova versiyasi, qurilma modeli va xato matni.

3. laWaiter (ofitsiant ilovasi)

Ofitsiant identifikatori va ismi (restoran tomonidan berilgan), ofitsiant kiritgan buyurtmalar va stol chaqiruvlari.

Push-bildirishnomalar uchun push tokeni restoran serveriga yuboriladi: iOS'da Apple Push Notification service (APNs), Android'da Firebase Cloud Messaging (FCM).

laWaiter'da analitika yoki crash-hisobot SDK'lari yo'q; iOS versiyasida uchinchi tomon SDK'lari umuman yo'q.

4. laCourier (kuryer ilovasi)

Aniq joylashuv (precise location): faqat ilova ochiq bo'lganda ("When In Use" ruxsati) va faqat kuryerda faol yetkazib berish bo'lgan paytda olinadi. Joylashuv restoranga yuboriladi — operator dostavkani xaritada kuzatishi uchun. Faol dostavka bo'lmaganda joylashuv yuborilmaydi; ilova fonda joylashuvni kuzatmaydi.

Kuryer identifikatori va ismi, unga biriktirilgan dostavkalar va ularning holati.

Mijozning ismi, telefoni va yetkazish manzili kuryerga faqat buyurtmani yetkazish uchun ko'rsatiladi.

Google Firebase: Analytics (ilovadan foydalanish statistikasi), Crashlytics (crash hisobotlari) va Cloud Messaging (push-bildirishnomalar; FCM tokeni restoran serveriga yuboriladi).

5. laCollector (kassir/inkassator ilovasi)

Kassir identifikatori va ismi, u qabul qilgan to'lovlar va buyurtmalar.

Mijozning ismi, telefoni va manzili restoran xodimiga buyurtmani bajarish uchun ko'rsatiladi.

Google Firebase: Analytics, Crashlytics va Cloud Messaging (push-bildirishnomalar; FCM tokeni restoran serveriga yuboriladi).

6. laMenu (menyu plansheti)

laMenu mehmondan shaxsiy ma'lumot so'ramaydi va saqlamaydi; u faqat restoran menyusini ko'rsatadi.

Qurilma telemetriyasi: restoran planshetlar holatini kuzatishi uchun planshet vaqti-vaqti bilan batareya darajasi, ilova versiyasi va qurilma modelini serverga yuboradi.

Google Firebase: Analytics va Crashlytics.

7. Lokal tarmoq (Local Network)

laBoard va laWaiter restoran ichidagi kassa serverini lokal tarmoqda UDP broadcast orqali avtomatik topadi. Shu sababli iOS "Local Network" ruxsatini so'raydi.

Bu ruxsat faqat restoran tarmog'idagi kassani topish uchun ishlatiladi; hech qanday ma'lumot tashqi serverlarga bu kanal orqali yuborilmaydi.

8. Uchinchi tomon xizmatlari

laCourier, laCollector, laMenu (va laWaiter Android'da faqat FCM) Google LLC'ning Firebase xizmatlaridan foydalanadi: Firebase Analytics (foydalanish statistikasi, qurilma identifikatorlari), Firebase Crashlytics (crash hisobotlari: qurilma modeli, OS versiyasi, xato izi) va Firebase Cloud Messaging (push token). Reklama shaxsiylashtirish signallari o'chirilgan. Google bu ma'lumotlarni o'z siyosatiga ko'ra qayta ishlaydi: https://firebase.google.com/support/privacy

Apple Push Notification service (APNs) push-bildirishnomalarni yetkazish uchun ishlatiladi.

9. Ma'lumot qayerda saqlanadi

Buyurtma ma'lumotlari restoran binosidagi kassa serverida shifrlangan bazada (SQLCipher) va laCafe bulut serverida (O'zbekiston) saqlanadi.

Ma'lumotlar restoranning o'zi va laCafe texnik xizmati uchun ochiq; yuqorida ko'rsatilgan xizmatlardan tashqari uchinchi tomonlarga berilmaydi, faqat qonun talab qilgan hollar bundan mustasno.

10. Saqlash muddati va huquqlaringiz

Buyurtma yozuvlari restoranning buxgalteriya ehtiyoji uchun saqlanadi va restoran so'roviga ko'ra o'chiriladi.

Ma'lumotni ko'rish, tuzatish yoki o'chirish uchun hello@lacafe.app manziliga murojaat qiling. So'rovlar 30 kun ichida ko'rib chiqiladi.

11. Bolalar

Ilovalar restoran xodimlari va mehmonlari uchun mo'ljallangan; ular bolalarga qaratilmagan va bolalardan ataylab ma'lumot to'plamaydi.

12. O'zgarishlar va aloqa

Siyosat yangilanganda ushbu sahifadagi sana o'zgaradi. Muhim o'zgarishlar haqida mijoz restoranlarga alohida xabar beriladi.

Savollar: hello@lacafe.app · "DIGITAL RESTAURANT" MCHJ, Toshkent, O'zbekiston.