Mahsulotlar

Mehmon qayerda bo'lsa — o'sha yerda buyurtma beradi. Stol, telefon, kiosk, sayt, Telegram. Hammasi bitta kassaga.

laTable

Tez orada

Stol ustidagi planshet: mehmon o'zi buyurtma beradi, to'laydi, ofitsiantni chaqiradi.

8–40 stolli kafe, restoran va choyxonalar. Ayniqsa kechqurun bitta ofitsiant 10 stolga yetmaydigan joylar.

Batafsil →

laQR

Tez orada

Stoldagi QR: mehmon o'z telefonida menyuni ochadi, buyurtma beradi, ofitsiantni chaqiradi.

Planshet sotib olishni hozircha xohlamagan kafe, choyxona va tashqi zali katta restoranlar. QR bilan boshlab, keyin laTable qo'shish mumkin.

Batafsil →

laKiosk

Tez orada

O'z-o'ziga xizmat kioski: mehmon tanlaydi, WLCM QR bilan to'laydi, chek kassada chiqadi.

Fast-food, oshxona, somsa va burger nuqtalari, tushlik vaqtida navbat hosil bo'ladigan har qanday joy. Stol raqami kerak emas.

Batafsil →

laMenu

Faqat ko'rish uchun raqamli menyu plansheti. Bulutga to'g'ridan ulanadi, kassa shart emas.

Qog'oz menyuni tez-tez qayta chop etishdan charchagan restoranlar. Kassasi eski yoki umuman yo'q joylar. Mehmonxona restoranlari, bufetlar, mahalliy oshxonalar.

Batafsil →

laBoard

Restoranning o'z kassa plansheti. laCafe bulutida ishlaydi — kompyuter shart emas.

iiko yoki r_keeper'i yo'q, kassa kompyuteri ham yo'q kafe va choyxonalar. Yangi ochilayotgan joylar. Kichik ikkinchi filial.

Batafsil →

laWaiter

Ofitsiant telefoni: o'z stollari, chaqiruvlar, hisob so'rovlari, smena.

3 va undan ko'p ofitsiantli restoranlar, tashqi zali bor choyxonalar, kalyanchi va barmen alohida ishlaydigan joylar.

Batafsil →

laBox

Tez orada

Filial kompyuteri uchun bepul agent. Panelda yoqqan ilovalaringizni o'zi o'rnatadi, yangilaydi va tirik ushlab turadi.

Filial kompyuterida biror narsani ulash kerak bo'lgan restoranlar: iiko plagini, r_keeper, laPOS, kameralar yoki zal musiqasi. Qolgan restoranlar laCafe'da bulut orqali ishlaydi — ularga laBox shart emas.

Batafsil →

laGuest

Tez orada

Restoranning o'z sayti va mobil ilovasi: menyu, dostavka, olib ketish, bron. O'z domenida, cheksiz sayt.

Dostavkasi bor restoranlar, oshxonalar, konditerlar. Yandex Eats va Uzum Tezkor foiziga bog'liq bo'lib qolishni istamaganlar. Bir nechta brendli tarmoqlar — har brendga o'z sayti. O'z ilovasini xohlagan, lekin ishlab chiqishga 50 million sarflashni istamaganlar.

Batafsil →

Birinchi stolni bugun ulang.

Bir kunda o'z menyungiz bilan demo o'rnatamiz.