Mehmon o'zi buyurtma beradi
Stoldagi laTable plansheti yoki QR: menyu, savat, buyurtma — ofitsiantsiz. Buyurtma to'g'ridan kassaga va oshxonaga tushadi, daftarda hech narsa qolmaydi.
Restoran
Mehmon stoldagi planshet yoki QR orqali buyurtma beradi. Ofitsiant Dilshod chaqiruvni telefonida ko'radi. Buyurtma iiko yoki r_keeper'ga tushadi. Egasi hammasini bitta panelda ko'radi.
Tanish og'riqlar
Nima beradi
Stoldagi laTable plansheti yoki QR: menyu, savat, buyurtma — ofitsiantsiz. Buyurtma to'g'ridan kassaga va oshxonaga tushadi, daftarda hech narsa qolmaydi.
laWaiter faqat shu ofitsiantning stollaridan chaqiruv va hisob so'rovini ko'rsatadi. 8-stol chaqirdi — Dilshod telefonida ko'radi, boshqalar bezovta bo'lmaydi.
Plagin iikoFront ichida ishlaydi: buyurtma yaratish, qo'shish, to'lash, yopish, chek va oshxona chop etish. r_keeper bilan buyurtmalar har 10 soniyada, stop-list har 30 soniyada sinxron. Kassangizni almashtirmaymiz.
Mehmon planshet yoki QR'dan hisob so'raydi yoki o'zi yopadi: naqd, karta, Payme, Click, WLCM. Stol 15 daqiqa oldin bo'shaydi.
Narx, nom va stop-list POS'dan jonli keladi. Tugagan taom planshetda ham, QR'da ham darhol yo'qoladi. Har taomda 3 til, rasm, KBJU, modifikatorlar.
Soatlik issiqlik xaritasi, o'rtacha chek, ofitsiant samaradorligi, stol aylanmasi. Har chaqiruv va yangi buyurtma Telegram'ga keladi. Kassirga qo'ng'iroq qilish shart emas.
Tavsiya etiladigan to'plam
Stol ustidagi planshet: mehmon o'zi buyurtma beradi, to'laydi, ofitsiantni chaqiradi.
02Stoldagi QR: mehmon o'z telefonida menyuni ochadi, buyurtma beradi, ofitsiantni chaqiradi.
03Ofitsiant telefoni: o'z stollari, chaqiruvlar, hisob so'rovlari, smena.
04Restoranning o'z kassa plansheti. laCafe bulutida ishlaydi — kompyuter shart emas.
05Filial kompyuteri uchun bepul agent. Panelda yoqqan ilovalaringizni o'zi o'rnatadi, yangilaydi va tirik ushlab turadi.
06Restoranning o'z sayti va mobil ilovasi: menyu, dostavka, olib ketish, bron. O'z domenida, cheksiz sayt.
Narx namunasi
Zal 20 stol, 1 filial, oyiga taxminan 1 000 buyurtma. Start paketi 500 buyurtma beradi: 600 000 + 500 × 1 200 = 1 200 000 so'm — Light narxi bilan bir xil. Shuning uchun Light: 1 200 000 so'm/oy, ichida sodiqlik dasturi va SMS-rassilka ham bor. 20 laTable, laBoard va 3 laWaiter qo'shimcha to'lanmaydi — qurilmalar har paketda cheksiz. iiko bor bo'lsa laBoard shart emas.
Oylik paket filiallar va buyurtmalar soniga qarab tanlanadi: Start 600 000 so'm (1 filial, 500 buyurtma), Light 1 200 000 (3 filial, 1 200 buyurtma), Standart 2 400 000 (5 filial, 3 000 buyurtma). Planshet, QR stol va ofitsiant telefoni har paketda cheksiz. 20 stolli, oyiga ~1 000 buyurtmali restoran — Light, 1 200 000 so'm/oy.
Ha. laBoard — restoranning o'z kassa plansheti: zal ko'rinishi, buyurtma ekrani, Planshetlar va laWaiter unga ulanadi. Keyin iiko qo'ysangiz — plagin orqali ulaymiz.
Ha, RK7 XML API orqali: buyurtmalar har 10 soniyada, stop-list har 30 soniyada. Modifikatorlar r_keeper'da hali yo'q — tez orada. r_keeper'ni almashtirmaymiz, ustiga mehmon qatlamini qo'shamiz.
laCafe bulutda ishlaydi, shuning uchun planshet, QR va sayt buyurtmalari internet qaytguncha kutadi. iiko yoki r_keeper kassasi o'z rejimida ishlashda davom etadi — ofitsiant buyurtmani to'g'ridan kassaga kiritadi. Kassa kompyuteridagi laBox aloqa uzilgani va tiklanganini darhol bildiradi.
Ikkalasi bir xil ishlaydi: menyu, savat, buyurtma, chaqiruv, hisob. QR — mehmon o'z telefonida. laTable — iPad yoki Android stolda turadi, katta rasm va video. Ko'pchilik zalda QR, VIP kabinalarda planshet qiladi. Narxga ta'sir qilmaydi: ikkalasi ham paketda cheksiz.
Kerak, lekin kamroq yugurishadi. Buyurtma va hisob mehmonning o'zida, ofitsiant taom tashiydi va chaqiruvga keladi. laWaiter'da smena ochish, o'z stollari, buyurtma olish ham bor — ofitsiant orqali buyurtma bermoqchi bo'lgan mehmon uchun.
Blog
Har yil oxirida trendlar ro'yxati chiqadi va ularning yarmi restoranga hech narsa bermaydi. Quyida beshta o'zgarish — har biri uchun «bu sizga kerakmi?» degan savolga halol javob bilan. O'zbekiston bozoriga qarab yozilgan, Nyu-Yorkka emas.
O'qish →Restoran biznesida atamalar aralashib ketgan: bir qismi rus tilidan, bir qismi ingliz tilidan, bir qismi mahalliy. Yangi menejer «food cost»ni «nikot» bilan, «prep»ni «zagotovka» bilan chalkashtiradi. Quyida eng ko'p ishlatiladigan ellikta so'z — ta'rifi va qayerda uchrashi bilan.
O'qish →Kassa yuzlab raqam beradi va shuning uchun hech kim ularni o'qimaydi. Aslida kundalik qaror uchun oltita hisobot yetarli. Har biri bitta aniq savolga javob beradi: qachon odam ko'p, kim ko'p sotadi, qaysi taom balast, stol necha marta aylanadi.
O'qish →Bir kunda o'z menyungiz bilan demo o'rnatamiz.