Imkoniyatlar

Har biri alohida sahifada: nima, qanday ishlaydi, chegarasi qayerda.

QR menyu: mehmon o'z telefonidan buyurtma beradi

Stolda QR turadi. Mehmon skanerlaydi, menyu ochiladi, buyurtma kassaga tushadi. Ilova o'rnatish yo'q. Chop etilgan QR hech qachon eskirmaydi.

la-qr

Stol buyurtma plansheti: mehmon o'zi buyurtma beradi, ofitsiantni kutmaydi

laTable har stolda turadi. Menyu, savat, buyurtma, to'lov, ofitsiant chaqirish — hammasi planshetda. Buyurtma kassaga va oshxonaga o'zi tushadi.

la-table

Self-service kiosk: mehmon o'zi tanlaydi, o'zi to'laydi, navbat yo'q

laKiosk — stendga o'rnatilgan iPad. «Zalda» yoki «Olib ketish» → menyu → savat → laPay QR. Mehmon telefonida to'laydi, chek kassada chiqadi. Kassir kerak emas.

la-kiosk

Dostavka zonalari xaritada: har zonaga o'z narxi, buyurtma eng yaqin filialga

Poligonni xaritada chizasiz, narxni yozasiz, yoqasiz. Mehmon manzil kiritganda sayt zonani o'zi topadi, narxni ko'rsatadi va buyurtmani eng yaqin filialga yuboradi.

la-guest-webla-guest

Restoran keshbek dasturi: mehmon qaytib kelsin

Foizni belgilaysiz, birlikka o'z nomingizni berasiz. Mehmon balansini saytda, ilovada va QR menyuda ko'radi. Sozlash 5 daqiqa.

la-guest-webla-guestla-qr

Promokod: jadval bo'yicha ishlaydigan chegirma kodi

Kod yaratasiz, chegirmani va muddatini yozasiz. Kod Instagram storyda, Telegram kanalda tarqaladi. Mehmon saytda yoki ilovada kiritadi.

la-guest-webla-guest

Avtomatik chegirma: qoidani bir marta yozasiz, kassir eslab o'tirmaydi

Dushanba–juma, 11:00–15:00, biznes-lanch 20%. Qoida saytda, QR menyuda va planshetda o'zi ishlaydi. Bir nechta qoida to'g'ri kelsa, mehmon uchun eng foydalisi olinadi.

la-guest-webla-qrla-table

Ko'p tilli menyu: o'zbek, rus, ingliz — bitta menyu, bir bosish

Har taomni bir marta uch tilda yozasiz. Mehmon o'zi tanlaydi. Turist ham, Chorsudan kelgan otaxon ham bir xil QR'ni skanerlaydi.

la-qrla-tablela-kiosk

Birinchi stolni bugun ulang.

Telegram yoki email orqali yozing — bir kunda demo o'rnatamiz, o'z menyungiz bilan.