Imkoniyatlar
Dostavka zonalari xaritada: har zonaga o'z narxi, buyurtma eng yaqin filialga
Poligonni xaritada chizasiz, narxni yozasiz, yoqasiz. Mehmon manzil kiritganda sayt zonani o'zi topadi, narxni ko'rsatadi va buyurtmani eng yaqin filialga yuboradi.
Zona nima va u qanday chiziladi
Admin panelda xarita ochiladi — Google, Yandex yoki OSM. Sichqoncha bilan poligon chizasiz: Chilonzor, Yunusobod, markaz. Har zonaga nom, dostavka narxi, yoq/o'chir. Radius emas, aynan poligon — daryo narigi tomoni yoki katta yo'l ortini chiqarib tashlash mumkin.
- Zona ↔ filial: ko'p-ko'pga. Bitta zonaga ikki filial, bitta filialga uch zona — bo'ladi
- Minimal buyurtma summasi va «shundan boshlab bepul» chegarasi
- Zona tashqarisidagi manzil — sayt buyurtmani qabul qilmaydi, mehmonga aytadi
Uch filialli osh markazi, bitta sayt
Filiallar: Chilonzor, Yunusobod, Sergeli. Yakshanba, soat 13:00. Mehmon Yunusobod 4-kvartaldan 3 kishilik osh buyurdi. Sayt manzilni tekshirdi — «Yunusobod» zonasi, dostavka 15 000 so'm, buyurtma 120 000 dan oshgani uchun bepul. Server uchala filial orasidan eng yaqinini — Yunusobodni tanladi. Buyurtma o'sha filialning kassasiga tushdi, Chilonzor uni ko'rmadi ham.
Kuryer va dispetcher
Buyurtma kassaga tushgach kuryer chaqiriladi. TaxiMillenium — jonli: admin paneldan yoki iiko plaginidan bir tugma bilan, kuryer holati ko'rinib turadi. Yandex Delivery, Uzum Delivery va Noor uchun rekvizitlar kiritiladi. Dispetcher sozlamalari (avtomatik tarqatish, navbat) — tez orada, hozir faqat ulanish.
Narxi va chegaralar
Zonalar laCafe paketiga kiradi (paketlar oyiga 600 000 so'mdan, batafsil /pricing), soni cheklanmagan. Zonalar laGuest sayti va ilovasida ishlaydi. Yandex Eats va Uzum Tezkor buyurtmalari zonalardan o'tmaydi — ularning o'z yetkazishi bor, laCafe faqat menyu va buyurtmani uzatadi.
Savol-javob
Dostavka zonasini radius bilan emas, poligon bilan chizsa bo'ladimi?
Ha, faqat poligon. Xaritada nuqtalarni qo'yasiz, zona yopiladi. Kerak bo'lmagan mahallani chiqarib tashlash oson.
Har zonaga alohida dostavka narxi qo'ysa bo'ladimi?
Ha. Zona nomi, narxi, minimal buyurtma va «bepul-dan» summasi — hammasi zona bo'yicha. Zonani vaqtincha o'chirib qo'yish ham mumkin.
Bir nechta filial bo'lsa buyurtma qaysi biriga tushadi?
Zonaga biriktirilgan filiallar orasidan manzilga eng yaqini avtomatik tanlanadi. Operator qo'lda tanlamaydi.
Mehmon zona tashqarisidan buyurtma bersa nima bo'ladi?
Sayt buyurtmani qabul qilmaydi va mehmonga bu manzilga yetkazilmasligini aytadi. Olib ketishni taklif qilish mumkin.
Kuryerni qaysi xizmatlardan chaqirsa bo'ladi?
TaxiMillenium — jonli, holati ko'rinadi. Yandex Delivery, Uzum Delivery, Noor — rekvizit orqali ulanadi. Dispetcher sozlamalari tez orada.
Qaysi xaritalar ishlaydi?
Google, Yandex yoki OpenStreetMap — saytda qaysi biri ko'rinishini o'zingiz tanlaysiz.
Blog
Bu mavzudagi maqolalar
Agregator komissiyasi yoki o'z dostavkangiz: raqamlar bilan
Agregator buyurtma keltiradi, lekin chekning beshdan birini oladi. O'z saytingiz arzon, lekin unga mehmonni o'zingiz olib kelishingiz kerak. To'g'ri javob «yo u, yo bu» emas — ikkalasining o'rni boshqa. Quyida 1 000 buyurtmali oy uchun aniq hisob.
O'qish →Restoran dostavka sayti ochish: agregator komissiyasisiz 6 qadam
Agregator har buyurtmadan ulush oladi. Mehmon 120 000 so'mlik osh buyurtma qiladi, sizga kamroq keladi. O'z dostavka saytingiz bo'lsa, buyurtma to'g'ridan-to'g'ri oshxonaga tushadi, komissiyasiz — laCafe'da sayt Start paketidan bor. Qanday ochish — domen, zonalar, kuryer, to'lov — shu maqolada.
O'qish →Birinchi stolni bugun ulang.
Bir kunda o'z menyungiz bilan demo o'rnatamiz.