QR har stolda va har topchanda
Mehmon o'z telefonida menyuni ochadi, buyurtma beradi — buyurtma kassaga tushadi. QR bir marta chop etiladi, manzil hech qachon o'zgarmaydi. Yomg'irda ham, chang bosganda ham ishlaydi.
Choyxona
Osh, shashlik, kalyan, 30 kishilik to'y stoli. Mehmon QR'dan menyuni ochadi, kalyanchini yoki ofitsiantni chaqiradi, hisobni naqd yoki Click bilan yopadi. Kassa iiko bo'lsa ham, laBoard bo'lsa ham.
Tanish og'riqlar
Nima beradi
Mehmon o'z telefonida menyuni ochadi, buyurtma beradi — buyurtma kassaga tushadi. QR bir marta chop etiladi, manzil hech qachon o'zgarmaydi. Yomg'irda ham, chang bosganda ham ishlaydi.
Chaqiruvda mehmon xodim turini tanlaydi. Kalyan uchun kalyanchi, choy uchun ofitsiant. laWaiter faqat o'z stollari bo'yicha chaqiruvni ko'rsatadi — 12-topchan chaqirdi, unga biriktirilgan xodim keladi.
To'y va oilaviy stollarga laTable: iPad stolda turadi, hamma navbat bilan qo'shadi, hammasi bitta buyurtmada. Qog'oz yo'q, hisobda bahs yo'q.
Stop-list jonli: kassir shashlikni to'xtatdi — QR'da va planshetda darhol ko'rinmaydi. iiko bo'lsa undan keladi, laBoard bo'lsa kassir bir bosishda.
Mehmon QR'dan hisob so'raydi, naqd, karta yoki onlayn deb belgilaydi. Kassir chekni yopadi. Payme, Click, UzQR, WLCM — hammasi bor. Egasiga har chaqiruv va to'lov Telegram'da.
laBox — kassa kompyuteri uchun bepul agent (Windows yoki macOS). Panelda yoqilgan ilovalarni — iiko plagini, laMusic, kameralar — o'zi o'rnatadi va yangilab turadi. Aloqa uzilsa yoki tiklansa, darhol bildiradi.
Tavsiya etiladigan to'plam
Stoldagi QR: mehmon o'z telefonida menyuni ochadi, buyurtma beradi, ofitsiantni chaqiradi.
02Ofitsiant telefoni: o'z stollari, chaqiruvlar, hisob so'rovlari, smena.
03Restoranning o'z kassa plansheti. laCafe bulutida ishlaydi — kompyuter shart emas.
04Stol ustidagi planshet: mehmon o'zi buyurtma beradi, to'laydi, ofitsiantni chaqiradi.
05Filial kompyuteri uchun bepul agent. Panelda yoqqan ilovalaringizni o'zi o'rnatadi, yangilaydi va tirik ushlab turadi.
Narx namunasi
15 ichki stol + 10 topchan = 25 QR, 1 filial, oyiga ~900 buyurtma. Start: 600 000 + 400 ortiqcha × 1 200 = 1 080 000 so'm — Light'dan (1 200 000) arzon. Yozda tashqi zal ochilib oy 1 300 buyurtma bo'lsa, Light foydaliroq: 1 200 000 + 100 × 1 000 = 1 300 000 so'm (Start'da 1 560 000 bo'lardi). QR, 2 ta laWaiter, laBoard va to'y stoliga laTable — qurilma uchun alohida to'lov yo'q.
Stol yoki topchan uchun to'lov yo'q — laQR har paketda bor, stollar soni cheksiz. Narx filial va oylik buyurtmalar soniga bog'liq: Start 600 000 so'm (500 buyurtma), Light 1 200 000 (1 200 buyurtma). Limitdan oshsa ham xizmat to'xtamaydi, ortiqcha buyurtma Start'da 1 200, Light'da 1 000 so'm.
Ha. laBoard kassa plansheti bo'ladi: zal ko'rinishi, buyurtmalar, to'lov, stop-list. QR va laWaiter buyurtmalari unga tushadi. Keyin iiko yoki r_keeper qo'ysangiz — ulaymiz.
Ishlaydi — QR mehmonning o'z mobil interneti orqali ochiladi, restoran Wi-Fi'si shart emas. laTable planshet esa lokal tarmoq talab qiladi, u ichki zalga mos.
laCafe bulutda ishlaydi, shuning uchun QR va planshet buyurtmalari internet qaytguncha kutadi. iiko yoki r_keeper bo'lsa, kassa o'z rejimida ishlayveradi — kassir buyurtmani to'g'ridan unga kiritadi. laBox aloqa uzilgani va tiklanganini bildiradi.
Mayli. Ofitsiant laWaiter'da buyurtma oladi — u ham kassaga tushadi. QR bo'lsa yoshlar o'zi buyurtma qiladi, kattalar ofitsiantni chaqiradi. Ikkalasi bir stolda ishlaydi.
Kichik choyxonaga Dastur-xon (99 000 so'mdan) yoki BROS ($15/oy) arzon va yetarli bo'lishi mumkin. laCafe farqi: kalyanchi/ofitsiant bo'yicha chaqiruv, iiko va r_keeper bilan ishlash, stol plansheti, o'z domenida sayt, Yandex Eats va Uzum Tezkor.
Blog
Bir kunda o'z menyungiz bilan demo o'rnatamiz.