Kompyuter va Windows shart emas
Hammasi laCafe bulutida, lokal server kerak emas. Bitta iPad yoki Android — va zal ishga tushdi. Kassa stoli, sistemnik, UPS — kerak emas.
laBoard
Bitta planshet: zal sxemasi, stollar holati, buyurtma ekrani. laTable planshetlari va laWaiter telefonlaridan buyurtmalar laCafe buluti orqali shu yerga tushadi. Windows kompyuter kerak emas. Qurilmalar har paketda cheksiz: 1 laBoard, 12 laTable va 2 laWaiter uchun alohida to'lov yo'q.
Kim uchun
iiko yoki r_keeper'i yo'q, kassa kompyuteri ham yo'q kafe va choyxonalar. Yangi ochilayotgan joylar. Kichik ikkinchi filial.
Faktlar
Nima beradi
Hammasi laCafe bulutida, lokal server kerak emas. Bitta iPad yoki Android — va zal ishga tushdi. Kassa stoli, sistemnik, UPS — kerak emas.
Qaysi stol band, qaysi stol hisob so'ragan, qaysi stoldan chaqiruv kelgan. Tashqi zal va VIP alohida. Kassir ko'radi va boshqaradi.
laTable, laKiosk, laWaiter buyurtmalari bulut orqali laBoard'ga tushadi. QR buyurtmalar ham shu yerga. Bitta markaz.
Ma'lumot bulutda: sotuv, smena va ofitsiantlar hisobotini admin paneldan istalgan joydan ko'rasiz. Planshet buzilsa — boshqasiga kirasiz, hech narsa yo'qolmaydi.
Kassir buyurtma oladi, modifikator qo'shadi, hisobni naqd/karta/onlayn yopadi. Holatlar: yuborilgan → pishirilmoqda → tayyor → berildi.
Qanday ishlaydi
iOS yoki Android planshet. Admin panelda filialni yaratasiz, 6 harfli kod bilan juftlaysiz. Menyu bulutdan tushadi.
Brend → filial → zal → stol. «Asosiy zal 8 stol, tashqi zal 4 stol». Ofitsiantlarni stollarga biriktirasiz.
laTable, laWaiter, laKiosk filialga biriktiriladi va buyurtmalar bulut orqali laBoard'ga tushadi. IP, port, sozlama yo'q.
Buyurtmalar tushadi, kassir yopadi. Kun oxirida smena hisoboti: sotuv, to'lov turlari, ofitsiant samaradorligi — admin panelda.
laBoard uchun alohida to'lov yo'q — u laCafe paketiga kiradi. Paketlar oyiga 600 000 so'mdan (Start: 1 filial, oyiga 500 buyurtma), har paketda qurilmalar cheksiz. Boshqa paketlar /pricing sahifasida. Planshet o'zingizniki.
iiko yoki r_keeper'ingiz bo'lsa — laBoard shart emas. Kassa kompyuteriga bepul laBox o'rnatasiz, u iikoFront plagini yoki r_keeper ko'prigini o'zi qo'yadi. laBoard hali POS'i yo'q joylar uchun: kassa bitta planshetda.
laBoard laCafe bulutida ishlaydi, shuning uchun filialda internet kerak. Zaxira uchun ikkinchi provayder yoki mobil modem qo'yish tavsiya etiladi. Android planshetni filialning lokal serveriga aylantiradigan laBox tez orada chiqadi.
Chegara yo'q — har paketda qurilmalar cheksiz. Odatiy choyxona: 1 laBoard, 12 laTable, 2 laWaiter. Katta restoran: 2 laBoard (asosiy va tashqi zal), 30 laTable, 5 laWaiter.
Kassa va oshxona chopi qo'llab-quvvatlanadi. Aniq printer modeli va ulanish usuli bo'yicha hello@lacafe.app ga yozing — o'rnatishdan oldin tekshirib beramiz.
Kassir interfeysi va menyu — o'zbek, rus, ingliz. Ofitsiant chaqiruvlari Telegram'ga ham uchala tilda keladi.
Blog
Restoran biznesida atamalar aralashib ketgan: bir qismi rus tilidan, bir qismi ingliz tilidan, bir qismi mahalliy. Yangi menejer «food cost»ni «nikot» bilan, «prep»ni «zagotovka» bilan chalkashtiradi. Quyida eng ko'p ishlatiladigan ellikta so'z — ta'rifi va qayerda uchrashi bilan.
O'qish →Kassa yuzlab raqam beradi va shuning uchun hech kim ularni o'qimaydi. Aslida kundalik qaror uchun oltita hisobot yetarli. Har biri bitta aniq savolga javob beradi: qachon odam ko'p, kim ko'p sotadi, qaysi taom balast, stol necha marta aylanadi.
O'qish →POS tanlash — restoranning eng uzoq muddatli qarori. Menyu va dizayn o'zgaradi, kassa esa yillar davomida qoladi: unga buxgalteriya, ombor va xodim odati bog'lanib qoladi. Bu maqolada uchta variant halol solishtiriladi, jumladan «hozircha POS kerak emas» varianti ham.
O'qish →Bir kunda o'z menyungiz bilan demo o'rnatamiz.