Kafe

Kafe avtomatlashtirish: QR menyu, planshet va o'z sayti

Kichik zal, tez aylanma, 1–2 xodim. Mehmon stoldagi QR orqali buyurtma beradi va to'laydi. Olib ketish saytdan keladi. Kassa — laBoard yoki mavjud iiko.

Tanish og'riqlar

  • Tushlikda 10 stol bir vaqtda to'ladi. Bitta ofitsiant buyurtma oladi, ikkinchisi tashib ulgurmaydi.
  • Mehmon 40 000 so'mlik hisobni to'lash uchun kassa oldida navbatda turadi. Stol band, keyingi mehmon eshikda.
  • Instagram'dagi menyu rasmi 3 oy oldingi. Narx o'zgargan, mehmon bahslashadi.
  • Olib ketish buyurtmasi telefonda: «Ikki lag'mon, bitta... yo'q, uchta». Kassir eshitmay qoladi, mehmon kelganda buyurtma yo'q.
  • Kassa bitta dastur, QR boshqa xizmat, sayt uchinchi joyda. Uchta login, uchta menyu, hech biri bir-biriga mos kelmaydi.

Nima beradi

Buyurtma stoldan kassaga

Har stolda QR: {kafe}.qr.lacafe.app/{stol}. Mehmon menyuni ochadi, savatga soladi, buyurtma beradi. Buyurtma kassaga tushadi, ofitsiant faqat olib keladi.

To'lov telefonda, navbat yo'q

Mehmon hisobni o'zi yopadi: Payme, Click, UzQR yoki WLCM. Kassaga bormaydi. Stol 10 daqiqa oldin bo'shaydi.

Peshtaxtada laMenu plansheti

Faqat ko'rish uchun menyu, savatsiz, paketda qo'shimcha to'lovsiz. Bulutga to'g'ridan ulanadi — server, LAN shart emas. Narx admin panelda o'zgardi — planshetda ham o'zgardi.

Olib ketish — o'z saytingizdan

{kafe}.guest.lacafe.app yoki o'z domeningiz. Mehmon menyudan tanlaydi, vaqtni belgilaydi, to'laydi. Buyurtma kassaga va Telegram'ga keladi. Sayt Start paketidan boshlab bor, alohida obuna yo'q.

Bitta menyu — hamma kanalda

Admin panelda bir marta o'zgartirasiz: QR, sayt, laMenu, Telegram bot. Kanal bo'yicha ko'rinish — masalan, biznes-lanch faqat QR'da. 3 til, rasm, KBJU.

Kassa bormi, yo'qmi — farqi yo'q

iiko bo'lsa — plagin orqali ulaymiz, narx va stop-list undan keladi. Bo'lmasa — laBoard kassa bo'ladi: iPad yoki Android planshet, paket ichida.

Narx namunasi

10 stolli kafe uchun oylik narx

1 filial, 10 stolda QR, peshtaxtada laMenu, olib ketish sayti. Oyiga ~250 ta QR buyurtma + 200 ta sayt buyurtmasi = 450 — Start paketining 500 buyurtmasiga sig'adi: 600 000 so'm/oy. Tushlik gavjum bo'lib oy 700 buyurtma bo'lsa: 600 000 + 200 × 1 200 = 840 000 so'm — bu Light'dan (1 200 000) arzon. QR, laMenu va laBoard qurilma sifatida alohida to'lanmaydi.

  • Start: 1 filial, 500 buyurtma — 600 000 so'm/oy
  • QR stollar, laMenu, laBoard — paketda cheksiz
  • 700 buyurtma: 600 000 + 200 × 1 200 = 840 000 so'm/oy
Paketlarni solishtirish

Savol-javob

Kafe uchun QR menyu narxi qancha?

Stol uchun alohida to'lov yo'q: laQR Start paketidan (600 000 so'm/oy, 1 filial, 500 buyurtma) boshlab bor, stollar soni cheksiz. Buyurtma limitdan oshsa, xizmat to'xtamaydi — har ortiqcha buyurtma 1 200 so'm. QR bir marta chop etiladi — manzil hech qachon o'zgarmaydi.

Kassa dasturim yo'q. laCafe kassa bo'la oladimi?

Ha. laBoard — kassa plansheti: zal, buyurtmalar, to'lov. iOS va Android, paket ichida. Kafe kattalashib iiko qo'ysangiz, plagin orqali ulaymiz.

Dastur-xon yoki BROS'dan farqi nima?

Ular kichik kafe uchun arzon start: Dastur-xon 99 000 so'mdan, BROS $15/oy. Agar iiko/r_keeper, stol plansheti yoki kiosk kerak bo'lmasa — ular yetadi. laCafe'da iiko/r_keeper ulanishi, laTable, laKiosk, o'z domenida sayt va Yandex Eats/Uzum Tezkor bor.

Mehmon ilova yuklab olishi kerakmi?

Yo'q. QR kamerada ochiladi, brauzerda ishlaydi (PWA). Sayt ham shunday. laGuest iPhone ilovasi bor, lekin u ixtiyoriy.

Internet uzilsa nima bo'ladi?

laCafe bulutda ishlaydi: QR, sayt va laMenu internet qaytguncha kutadi. iiko bo'lsa, kassa o'z rejimida ishlashda davom etadi va kassir buyurtmani to'g'ridan unga kiritadi. Aloqa tiklanganda menyu va stop-list o'zi yangilanadi.

Olib ketish saytini qanday ochaman?

Admin panelda sayt yaratasiz: logo, muqova, rang, matn — jonli preview bilan. Xizmat rejimini tanlaysiz: olib ketish, dostavka, zalda, bron. Manzil {kafe}.guest.lacafe.app darhol ishlaydi, o'z domeningizni keyin ulaysiz.

Birinchi stolni bugun ulang.

Bir kunda o'z menyungiz bilan demo o'rnatamiz.