Zalda
Stolda QR yoki planshet, kiosk, ofitsiant ilovasi. Chaqirish va hisob — bir tegishda.
Restoran operatsion tizimi
Buyurtma, kassa, dostavka, xodimlar, marketing va hisobotlar — bitta panelda. Yetmagan imkoniyatni do'kondan bir tugmada qo'shasiz.
Nega laCafe
Stolda QR yoki planshet, kiosk, ofitsiant ilovasi. Chaqirish va hisob — bir tegishda.
O'z dostavka saytingiz, Telegram, Yandex Eats va Uzum Tezkor — bitta menyudan.
iiko, r_keeper, Poster va CloPOS bilan sinxron. Xodimlar, ombor, hisobotlar.
Mahsulotlar
Stol ustidagi planshet: mehmon o'zi buyurtma beradi, to'laydi, ofitsiantni chaqiradi.
Stoldagi QR: mehmon o'z telefonida menyuni ochadi, buyurtma beradi, ofitsiantni chaqiradi.
O'z-o'ziga xizmat kioski: mehmon tanlaydi, WLCM QR bilan to'laydi, chek kassada chiqadi.
Restoranning o'z sayti va mobil ilovasi: menyu, dostavka, olib ketish, bron. O'z domenida, cheksiz sayt.
Ofitsiant telefoni: o'z stollari, chaqiruvlar, hisob so'rovlari, smena.
Filial kompyuteri uchun bepul agent. Panelda yoqqan ilovalaringizni o'zi o'rnatadi, yangilaydi va tirik ushlab turadi.
Platforma
laCafe — yopiq dastur emas, ochiq platforma. Restoran ilova tanlaydi, dasturchi ilova yozadi.
70+ ilova: dostavka, agregatorlar, to'lov, SMS, telefoniya, AI, sayt. Bir tugmada o'rnatiladi va admin panel ichida ishlaydi.
Do'konni ochish →developer.lacafe.appO'z ilovangizni yozing: App API, OAuth, webhooklar va hujjatlar. Do'konga chiqaring va restoranlarga soting.
Portalga o'tish →Narxlar
Qurilmalar cheksiz. Limitdan oshsa ham xizmat to'xtamaydi.
Paketlarni solishtirishBlog
Har yil oxirida trendlar ro'yxati chiqadi va ularning yarmi restoranga hech narsa bermaydi. Quyida beshta o'zgarish — har biri uchun «bu sizga kerakmi?» degan savolga halol javob bilan. O'zbekiston bozoriga qarab yozilgan, Nyu-Yorkka emas.
Restoran biznesida atamalar aralashib ketgan: bir qismi rus tilidan, bir qismi ingliz tilidan, bir qismi mahalliy. Yangi menejer «food cost»ni «nikot» bilan, «prep»ni «zagotovka» bilan chalkashtiradi. Quyida eng ko'p ishlatiladigan ellikta so'z — ta'rifi va qayerda uchrashi bilan.
Kiosk ikki xil muammoni yechadi va ko'pchilik faqat birinchisini o'ylaydi. Birinchisi — navbat: tushlik payti kassada olti kishi turadi va ettinchisi chiqib ketadi. Ikkinchisi — chek: kiosk hech qachon qo'shimcha sousni taklif qilishni unutmaydi. Qaysi biri sizga muhimroq ekanini oldindan hal qilib oling.
Yo'q. laCafe kassangiz ustiga ulanadi: iiko, r_keeper, Poster, CloPOS. Buyurtma, stop-list va to'lov ikki tomonlama sinxron. Kassa bo'lmasa — o'zimizning laPOS.
Ko'pincha hech narsa — hammasi bulutda. Kassa kompyuteriga ulanish kerak bo'lsa, bepul laBox'ni yuklab, koddan ulaysiz: kerakli ilovalarni o'zi o'rnatadi va yangilab turadi.
Bo'ladi. laQR bilan mehmon o'z telefonida buyurtma beradi, ofitsiant chaqiradi, hisob so'raydi — planshet shart emas.
Bir kunda. Menyu kassadan o'zi keladi, QR chop etiladi — birinchi smenadan buyurtma tushadi.
Bir kunda o'z menyungiz bilan demo o'rnatamiz.