Qo'llanma

Restoran dostavka sayti ochish: agregator komissiyasisiz 6 qadam

Agregator har buyurtmadan ulush oladi. Mehmon 120 000 so'mlik osh buyurtma qiladi, sizga kamroq keladi. O'z dostavka saytingiz bo'lsa, buyurtma to'g'ridan-to'g'ri oshxonaga tushadi, komissiyasiz — laCafe'da sayt Start paketidan bor. Qanday ochish — domen, zonalar, kuryer, to'lov — shu maqolada.

· 7 daqiqa o'qish

01Nega o'z dostavka sayti: agregator komissiyasi va mijoz bazasi

Agregatorlar kerak. Yangi mehmon sizni Uzum Tezkor yoki Yandex Eats'da topadi. Lekin ikkinchi va uchinchi buyurtmada ham komissiya to'laysiz, mehmon esa sizniki emas — agregatorniki. Telefon raqami, manzili, sevimli taomi — hammasi ularda.

O'z sayti bu tenglamani o'zgartiradi. Agregatordan kelgan mehmon paketga qo'yilgan kartochkadan saytga o'tadi. Keyingi buyurtmasi komissiyasiz. Mehmon CRM'da profil, buyurtmalar tarixi, keshbek va qayerdan kelgani (sayt, QR, iOS, Android, Telegram) ko'rinadi.

Halol qo'shimcha: sayt o'zi mehmon keltirmaydi. Instagram, paketdagi kartochka, QR stoldagi «keyingi safar uyga buyurtma qiling» matni — bular sizning ishingiz. Sayt faqat qabul qiladi.

021-qadam: sayt va domen — guest.lacafe.app yoki o'z domeni

laGuest sayti admin panelda yaratiladi. Standart manzil: chorsu-osh.guest.lacafe.app. O'z domeningiz bo'lsa — devcafe.uz kabi — uni ulaysiz, SSL sertifikat avtomatik. Bir tashkilotga cheksiz sayt: brendga bittadan, yoki filialga bittadan.

Personalizatsiya jonli preview bilan: logo, muqova rasmi, rang, matn. Xizmat rejimlarini tanlaysiz — dostavka, olib ketish, zalda, bron. Mehmon kirishi: umuman yo'q, SMS orqali yoki Telegram orqali. Dostavka uchun SMS yoki Telegram tavsiya — telefon raqami kuryerga kerak.

032-qadam: dostavka zonalarini xaritada chizish

Zona — xaritadagi poligon. Nomi, narxi, yoqilgan/o'chirilgan. Masalan: «Yunusobod» 15 000 so'm, «Chilonzor» 20 000, «Sergeli» 30 000. Bir zonaga bir nechta filial biriktiriladi, bir filial bir nechta zonaga xizmat qiladi.

Mehmon manzilni kiritganda tizim eng yaqin filialni o'zi tanlaydi. Chilonzordagi mijoz buyurtmasi Yunusobod filialiga emas, Chilonzor filialiga tushadi. Manzil zonadan tashqarida bo'lsa, sayt buni checkout'da aytadi, buyurtma qabul qilinmaydi.

  • Dostavka narxi zona bo'yicha, «... so'mdan bepul» chegarasi bilan
  • Minimal buyurtma summasi — 50 000 so'mlik bitta somsa uchun kuryer yubormaysiz
  • Zonani vaqtincha o'chirish: yomg'irda Sergelini yopib qo'yasiz, saytdan yo'qoladi
  • Xarita: Google, Yandex yoki OSM — qaysi biri sizning tumanda aniqroq bo'lsa

043-qadam: kuryer — o'z kuryeringiz yoki TaxiMillenium chaqirish

Kuniga 10 buyurtmagacha o'z kuryeringiz yetadi: mopedli yigit, smenaga to'lov. Buyurtma admin panelda yoki iiko'da ko'rinadi, kuryer manzilni oladi, ketadi. Oddiy, lekin 30 buyurtmada bitta kuryer yetmaydi, ikkitasini ushlab turish qimmat.

laCafe'da TaxiMillenium kuryer chaqirish bor: admin paneldan yoki iiko plaginidan bir tugma, holat jonli ko'rinadi. Yandex Delivery, Uzum Delivery va Noor uchun rekvizitlar kiritiladi. Dispetcher sozlamalari — qaysi buyurtma qaysi xizmatga — hozircha yo'q, tez orada. Hozir faqat ulanish.

054-qadam: onlayn to'lov — Payme, Click, UzQR, WLCM

Dostavkada oldindan to'lov muhim. Mehmon 80 000 so'mlik buyurtmani to'lab qo'ysa, eshikni ochmaslik ehtimoli kamayadi. Payme, Click, UzQR alohida ulanadi, rekvizitlar filial bo'yicha. WLCM — bitta QR ortida Payme, Click, Paylov, Uzum va karta.

Naqdni ham qoldiring. Toshkentda hali ko'p mehmon eshikda to'laydi. Saytda «naqd» varianti bo'lsin, kuryerda qaytim bo'lsin.

065–6-qadam: buyurtma oqimi va narx hisobi

Sayt buyurtmasi qayerga tushadi? iiko bo'lsa — plagin orqali iiko'ga, chek chiqadi. laBoard bo'lsa — kassa planshetiga. Telegram guruhiga «Yangi buyurtma» xabari keladi, filial bo'yicha yo'naltiriladi. Holatlar: yuborilgan → pishirilmoqda → tayyor → berildi. Mehmon saytda kuzatadi.

Narx: sayt alohida to'lanmaydi, u Start paketidan (600 000 so'm/oy, 500 buyurtma) boshlab bor. Paket oylik buyurtmalar soni bo'yicha; limitdan oshsa xizmat to'xtamaydi, har ortiqcha buyurtma 700–1 200 so'm (paketga qarab). Agregator ulushi bilan solishtiring: 300 buyurtma × 120 000 so'm × 25% = 9 000 000 so'm. Hisob o'zingizga ayon bo'ladi.

Birinchi stolni bugun ulang.

Bir kunda o'z menyungiz bilan demo o'rnatamiz.