Ilova o'rnatilmaydi
Kamera → skaner → menyu. PWA, iOS his-tuyg'usi: tez ochiladi, silliq ishlaydi. Mehmon 10 soniyada savatda.
laQR
Stolga bitta stiker. Mehmon skanerlaydi, {restoran}.qr.lacafe.app/{stol} ochiladi: menyu, savat, buyurtma. Buyurtma xuddi planshetdagidek kassaga tushadi. Ofitsiant chaqirish, hisob so'rash, 1–5 yulduz. Ilova o'rnatish shart emas. 12 stol = 120 000 so'm/oy.
Kim uchun
Planshet sotib olishni hozircha xohlamagan kafe, choyxona va tashqi zali katta restoranlar. QR bilan boshlab, keyin laTable qo'shish mumkin.
Faktlar
Nima beradi
Kamera → skaner → menyu. PWA, iOS his-tuyg'usi: tez ochiladi, silliq ishlaydi. Mehmon 10 soniyada savatda.
Bu shunchaki PDF menyu emas. Mehmon buyurtma beradi, u laBranch orqali iiko yoki r_keeper'ga tushadi. Oshxonada chek chiqadi.
Har stol slug'i bir marta beriladi. Stolni qayta nomlasangiz ham, menyuni o'zgartirsangiz ham stiker ishlayveradi. Qayta chop etish yo'q.
«Ofitsiant», «Barmen», «Kalyanchi» — mehmon kimni chaqirishni tanlaydi. Chaqiruv Telegram'ga va laWaiter'ga o'sha zal bo'yicha yo'naladi.
Naqd/karta/onlayn — mehmon hisobni so'raydi yoki o'zi yopadi. Ketishdan oldin 1–5 yulduz qo'yadi. Hammasi hisobotda.
Qanday ishlaydi
laQR sahifasida stolni tanlaysiz, slug berasiz (bir marta), QR'ni yuklab olasiz. Faqat QR yaratilgan stollar hisoblanadi.
Stiker, akril stend yoki menyu qutisiga. Tashqi zalda ham, kalyan xonasida ham ishlaydi.
Menyu 3 tilda, rasm va modifikatorlar bilan. Savat → buyurtma → kassa. Chaqiruv va hisob — bitta tugma.
Yangi buyurtma, chaqiruv, hisob — Telegram guruhga (zal bo'yicha) va laWaiter'ga. Ofitsiant «qabul qildim» deydi, chaqiruv yopiladi.
Har stol 10 000 so'm/oy, faqat QR yaratilgan stollar uchun. Plus filial bazasi 500 000 so'm/oy. 12 stolli choyxona faqat QR bilan: 500 000 + 12 × 10 000 = 620 000 so'm/oy.
Ha. QR'dan kelgan buyurtma laBranch orqali iiko'ga (plagin iikoFront ichida) yoki r_keeper'ga (RK7 XML API) tushadi. Narx, nom va stop-list POS'dan sinxron. r_keeper'da modifikatorlar hali yo'q.
Mehmon o'z mobil interneti bilan menyuni ochaveradi. Restoran interneti uzilsa buyurtma bulutda kutadi va laBranch ulanishi bilan kassaga tushadi. Zaldagi laTable planshetlari esa umuman internetsiz ishlaydi.
Chegara yo'q. 5 stol ham, 80 stol ham. Tashqi zal, VIP xona, kalyan zonasi — har biriga alohida. Faqat yaratilganlari uchun to'laysiz.
O'zbek, rus, ingliz. Har taom uchala tilda. Turist Chorsu yonidagi choyxonada ham menyuni tushunadi.
Ha. Slug bir marta beriladi va o'zgarmaydi. Stol nomi, zal, menyu — hammasi o'zgarishi mumkin, chop etilgan stiker ishlayveradi.
Yo'q. Kamera bilan skanerlaydi, brauzerda ochiladi. PWA bo'lgani uchun tez va ilovaga o'xshaydi.
Telegram yoki email orqali yozing — bir kunda demo o'rnatamiz, o'z menyungiz bilan.