laBranch

laBranch — offline kassa dasturi: internet uzilsa ham zal ishlaydi

Kassa kompyuteriga o'rnatiladi (Windows 10/11 64-bit). laTable, laKiosk, laWaiter va QR buyurtmalar unga tushadi, u iiko yoki r_keeper'ga uzatadi. Provayder o'chdi — buyurtmalar lokal shifrlangan bazada (SQLCipher) yig'iladi, internet qaytganda bulutga ketadi. Kassir buni sezmaydi ham.

Kim uchun

iiko yoki r_keeper'da ishlayotgan, ustiga mehmon qatlami (planshet, QR, kiosk, ofitsiant) qo'shmoqchi bo'lgan restoranlar. Interneti tez-tez uziladigan joylar.

Faktlar

Platforma
Windows 10/11 64-bit, kassa kompyuterida
Baza
Lokal, SQLCipher bilan shifrlangan
POS
iiko — to'liq ikki tomonlama (plagin iikoFront ichida). r_keeper — RK7 XML API, stop-list 30 s, buyurtmalar 10 s.
Offline
Internet uzilsa buyurtma, hisob, chop ishlaydi; keyin bulutga sinxron
Ulanadigan qurilmalar
laTable, laKiosk, laWaiter (LAN, avtomatik), laQR va sayt (bulut orqali)
Narx
Filial bazasi 500 000 so'm/oy ichida (har faol filial). laBranch uchun alohida to'lov yo'q. O'chirilgan filial hisoblanmaydi.
Kuryer
TaxiMillenium (jonli holat), Yandex Delivery, Uzum Delivery, Noor

Nima beradi

Kassa kompyuteridagi lokal server. Internet uzilsa ham ishlaydi, iiko va r_keeper bilan gaplashadi.

Offline-first

Buyurtma, stol, hisob, chop — hammasi lokal. Internet 2 soat yo'q bo'lsa ham zal to'xtamaydi. Qaytganda hammasi bulutga sinxron bo'ladi.

iiko'ni almashtirmaydi, ustida ishlaydi

Plagin iikoFront ichida: buyurtma yaratish, qo'shish, to'lash, yopish, chek va oshxona chop, kataloglar, stop-list, webhook. Kassir iiko'da ishlayveradi.

r_keeper ham

RK7 XML API orqali jonli: stop-list har 30 soniyada, buyurtmalar har 10 soniyada. Modifikatorlar hali yo'q — tez orada.

Shifrlangan lokal baza

SQLCipher. Kassa kompyuterini olib ketishsa ham buyurtma va mehmon ma'lumotlari ochilmaydi.

Barcha kanallar bitta nuqtaga

laTable, laKiosk, laWaiter, QR, sayt dostavkasi, Telegram AI, Yandex Eats, Uzum Tezkor — hammasi laBranch orqali POS'ga. Oshxona bitta oqimni ko'radi.

Kuryer chaqirish shu yerdan

TaxiMillenium kuryerini iiko plagini yoki admin paneldan chaqirasiz, holati jonli ko'rinadi. Yandex Delivery, Uzum Delivery, Noor — rekvizit bilan.

Qanday ishlaydi

Qanday ishlaydi

  1. 01

    Kassa kompyuteriga o'rnating

    Windows 10/11 64-bit. O'rnatuvchi admin paneldan yuklanadi. Filialni tanlaysiz, juftlaysiz. Yangilanishlar o'zi tushadi.

  2. 02

    POS'ni ulang

    iiko: plagin iikoFront'ga o'rnatiladi, menyu, narx va stop-list o'zi keladi. r_keeper: RK7 XML API rekvizitlari. POS yo'q bo'lsa — laBranch o'zi kassa vazifasini bajaradi.

  3. 03

    Qurilmalar uni topadi

    laTable, laKiosk, laWaiter bitta Wi-Fi'da laBranch'ni avtomatik topadi. QR va sayt buyurtmalari bulut orqali keladi.

  4. 04

    Ishlaydi. Internet bor-yo’qligidan qat’i nazar

    Buyurtma → laBranch → iiko/r_keeper → chek va oshxona. Bulutga sinxron fonda. Admin panelda filial holati, qurilmalar, hisobotlar.

Tez orada
  • r_keeper modifikatorlari.
  • Dostavka dispetcher sozlamalari — hozir faqat kuryer xizmatiga ulanish bor.

Savol-javob

laBranch narxi qancha?

Alohida to'lov yo'q. Filial bazasi 500 000 so'm/oy — har faol filial uchun — laBranch'ni ham qamrab oladi. Ustiga qurilmalar (laTable 100 000, laKiosk 250 000, laWaiter 100 000) va QR (10 000/stol) qo'shiladi.

iiko bilan qanday ishlaydi?

Plagin iikoFront ichida ishlaydi. Buyurtma yaratish, qo'shish, to'lash, yopish, chek va oshxona chop, kataloglar, stop-list, webhook. iiko'ni almashtirmaymiz, ustiga mehmon qatlamini qo'yamiz. iikoServer va tannarx — atayin tegilmaydi.

r_keeper bilan ishlaydimi?

Ha, RK7 XML API orqali. Stop-list har 30 soniyada, buyurtmalar har 10 soniyada tekshiriladi. Modifikatorlar hali yo'q — tez orada. r_keeper'ni almashtirmaymiz.

Internet uzilsa nima bo’ladi?

Zal ishlayveradi: planshetlar, ofitsiantlar, kiosk lokal Wi-Fi orqali laBranch bilan gaplashadi, iiko ham lokal. Buyurtmalar shifrlangan bazada saqlanadi. Internet qaytganda bulutga sinxron bo'ladi. Faqat QR/sayt buyurtmalari va onlayn to'lov internet kutadi.

Qanday kompyuter kerak?

Windows 10 yoki 11, 64-bit. Odatda iiko turgan kassa kompyuterining o'zi yetadi. Alohida server sotib olish shart emas.

Bitta laBranch nechta qurilmani tortadi?

Chegara qo'yilmagan. 12 stolli choyxona ham, 40 stolli restoran ham bitta laBranch bilan ishlaydi. Ikkinchi filial — ikkinchi laBranch.

Mac yoki Linux'da ishlaydimi?

Yo'q, hozircha faqat Windows 10/11 64-bit. Kompyuter yo'q bo'lsa — laBoard plansheti, ichida laBranch bor.

Birinchi stolni bugun ulang.

Telegram yoki email orqali yozing — bir kunda demo o'rnatamiz, o'z menyungiz bilan.