laGuest

laGuest — restoran mobil ilovasi mehmon telefonida

Mehmon iPhone'da laGuest'ni ochadi, manzilini kiritadi, restoranni tanlaydi. Dostavka, olib ketish yoki zalda. Sevimli osh 2 tegishda savatda. Stoldagi QR'ni ilova ichidan skanerlaydi. Buyurtma laBranch orqali oshxonaga tushadi. O'z ilovangizni yozish uchun dasturchi yollash shart emas.

Kim uchun

Doimiy mijozlari bor restoranlar va tarmoqlar. Bir nechta brendli tashkilotlar. O'z ilovasini xohlagan, lekin ishlab chiqishga 50 million sarflashni istamaganlar.

Faktlar

Platforma
iPhone (App Store). Android — tez orada, sozlanadigan kanal sifatida.
Rejimlar
Dostavka, olib ketish, zalda (QR skaner ilova ichida)
Imkoniyatlar
Manzil, brendlar, menyu, sevimlilar, buyurtma tarixi, keshbek, QR skaner
Dostavka
Poligon zonalar, eng yaqin filial avtomatik, zona tashqarisi rad etiladi
Narx
Ilova uchun alohida obuna yo'q. Filial bazasi 500 000 so'm/oy. Buyurtma kassaga laBranch orqali tushadi.
Tillar
uz / ru / en

Nima beradi

Mehmonning mobil ilovasi: dostavka, olib ketish, zalda buyurtma, sevimlilar, QR skaner.

Uch rejim bitta ilovada

Dostavka manzilga, olib ketish filialdan, zalda — stoldagi QR'ni ilova ichidan skanerlab. Mehmon vaziyatga qarab tanlaydi.

Sevimlilar va tarix

Sevimli taomlar, oldingi buyurtmalar, saqlangan manzil. Doimiy mijoz 30 soniyada buyurtma beradi.

Brendlar va filiallar

Bitta tashkilot, bir nechta brend — hammasi ilovada. Dostavkada eng yaqin filial avtomatik tanlanadi, zona tashqarisi bo'lsa ilova aytadi.

Keshbek va CRM

Mehmon profili, buyurtmalar, keshbek balansi — admin paneldagi mehmon CRM'da. Qayerdan kelgani ko'rinadi: iOS, sayt, QR, Telegram.

Ishlab chiqishga 0 so'm

Ilova tayyor, App Store'da. Siz menyu va filiallarni admin panelda yuritasiz, mehmon ilovada ko'radi.

Qanday ishlaydi

Qanday ishlaydi

  1. 01

    Tashkilot va menyuni sozlang

    Brend, filial, menyu (3 til, rasm, KBJU), dostavka zonalari xaritada. Hammasi admin panelda, laGuest o'zi oladi.

  2. 02

    Mehmon ilovani ochadi

    Manzil kiritadi, brend va rejimni tanlaydi: dostavka, olib ketish, zalda. Menyu, savat, to'lov (Payme, Click, UzQR, laPay yoki naqd).

  3. 03

    Buyurtma oshxonaga tushadi

    Bulut → laBranch → iiko/r_keeper. Dostavkada TaxiMillenium kuryerini chaqirasiz. Holatlar mehmonga ko'rinadi.

Tez orada
  • Mobil ilova kanali: iOS+Android mehmon ilovasi admin panelda sozlanadigan alohida kanal sifatida.
  • Keshbekni avtomatik hisoblash — hozir sozlama bor, kassir qo'lda qo'llaydi.

Savol-javob

laGuest narxi qancha?

Ilova uchun alohida to'lov yo'q. Filial bazasi 500 000 so'm/oy — bu laBranch va admin panelni ham qamraydi. Ishlab chiqish, App Store, yangilanishlar — laCafe zimmasida.

Android versiyasi bormi?

Hozir iPhone. iOS+Android mehmon ilovasi sozlanadigan kanal sifatida rejada — tez orada. Android mehmonlar hozir sayt (laGuestWeb, PWA) va Telegram bot orqali buyurtma beradi.

iiko bilan ishlaydimi?

Ha. Ilovadan kelgan buyurtma bulut orqali laBranch'ga, undan iiko'ga (plagin iikoFront ichida) yoki r_keeper'ga tushadi. Menyu va stop-list POS'dan.

Restoranda internet uzilsa nima bo’ladi?

Ilova bulut orqali ishlaydi, mehmon buyurtma beraveradi. Buyurtma bulutda kutadi va laBranch ulanishi bilan kassaga tushadi. Zaldagi planshetlar esa internetsiz ishlaydi.

Bir nechta brendim bor, hammasi bitta ilovadami?

Ha. Bitta tashkilot ostidagi barcha brendlar va filiallar ilovada ko'rinadi. Mehmon brendni tanlaydi, menyu brend darajasida.

Qaysi tillarda?

O'zbek, rus, ingliz. Menyu uchala tilda, ilova interfeysi ham.

Birinchi stolni bugun ulang.

Telegram yoki email orqali yozing — bir kunda demo o'rnatamiz, o'z menyungiz bilan.