laMenu

laMenu — raqamli menyu plansheti. Ko'rish uchun, savatsiz

Qog'oz menyu o'rniga planshet. Osh rasmi, kabob videosi, narx, KBJU, uch tilda. Narxni admin panelda o'zgartirdingiz — 12 planshetda bir vaqtda yangilanadi. Buyurtmani ofitsiant oladi, planshet faqat ko'rsatadi. Wi-Fi yoki SIM yetarli, kassaga ulanish shart emas.

Kim uchun

Qog'oz menyuni tez-tez qayta chop etishdan charchagan restoranlar. Kassasi eski yoki umuman yo'q joylar. Mehmonxona restoranlari, bufetlar, mahalliy oshxonalar.

Faktlar

Platforma
iPad, iPhone, Android, Web (brauzer)
Ulanish
Bulutga to'g'ridan (Wi-Fi yoki SIM). laBranch va lokal tarmoq shart emas.
Rejim
Faqat ko'rish. Savat va buyurtma yo'q.
Narx
50 000 so'm/oy har qurilma + filial bazasi 500 000 so'm/oy
Kontent
Rasm, GIF, galereya, video, 3 til, KBJU, modifikatorlar
Juftlash
Admin panel → System → Menu, 6 harfli kod

Nima beradi

Faqat ko'rish uchun raqamli menyu plansheti. Bulutga to'g'ridan ulanadi, kassa shart emas.

Kassa va LAN shart emas

laBranch, Windows kompyuter, lokal tarmoq — hech biri kerak emas. Planshet bulutga to'g'ridan ulanadi. Ertaga ishga tushirish mumkin.

Narx o'zgardi — hamma joyda o'zgardi

Admin panelda tahrirlaysiz, planshetlar o'zi yangilanadi. Qayta chop etish, yopishtirish, eski narxli sahifa yo'q.

Rasm, GIF, video, galereya

Har taomga bir nechta rasm yoki qisqa video. Kabob cho'g'da jizillaydi — mehmon ko'radi va oladi.

3 til va KBJU

O'zbek, rus, ingliz. Kkal, oqsil, yog', uglevod, gramm. Ayniqsa mehmonxona va turistik joylar uchun.

Istalgan qurilmada

iPad, iPhone, Android planshet yoki oddiy brauzer. Eski planshet ham yaraydi — faqat ko'rsatadi.

Qanday ishlaydi

Qanday ishlaydi

  1. 01

    Menyuni admin panelda kiriting

    Kategoriya, taom, rasm, 3 tilda nom, KBJU. Yoki menyu rasmini AI'ga tashlang — laCafe MCP kategoriya va taomlarni o'zi kiritadi.

  2. 02

    laMenu'ni o'rnating va juftlang

    iPad, Android yoki brauzer. Admin panel → System → Menu, 6 harfli kod. Planshet menyuni bulutdan oladi.

  3. 03

    Stolga qo'ying

    Mehmon varaqlaydi, ofitsiant Dilshod buyurtmani oladi. Stop-list yoqilgan bo'lsa tugagan taom ko'rinmaydi.

Savol-javob

laMenu narxi qancha?

50 000 so'm/oy har qurilma. Plus filial bazasi 500 000 so'm/oy. 10 planshet: 500 000 + 10 × 50 000 = 1 000 000 so'm/oy. Bu laCafe'dagi eng arzon qurilma.

laMenu bilan laTable farqi nima?

laMenu faqat ko'rsatadi: savat yo'q, buyurtma yo'q, kassa kerak emas, 50 000 so'm. laTable'da mehmon buyurtma beradi va to'laydi, buning uchun zalda laBranch yoki laBoard kerak, 100 000 so'm.

iiko bilan sinxron bo’ladimi?

Ha, agar filialda laBranch bo'lsa: narx, nom va stop-list iiko'dan bulutga, bulutdan laMenu'ga keladi. laBranch bo'lmasa menyuni admin panelda qo'lda yuritasiz.

Internet uzilsa nima bo’ladi?

laMenu bulutdan ishlaydi, shuning uchun menyuni yangilash uchun internet kerak. Wi-Fi uzilsa SIM'li planshet ishlayveradi. Internetsiz to'liq ishlash kerak bo'lsa — laTable + laBranch.

Nechta qurilma ulash mumkin?

Chegara yo'q. Har stolga bittadan yoki kirish yonida bitta katta ekran. Har biri admin panelda alohida ko'rinadi.

Qaysi tillarda?

O'zbek, rus, ingliz. Har taomga uchala tilda nom va tavsif. Mehmon tilni bir tegish bilan almashtiradi.

Birinchi stolni bugun ulang.

Telegram yoki email orqali yozing — bir kunda demo o'rnatamiz, o'z menyungiz bilan.