Kassa (POS)

iiko integratsiya: QR menyu, planshet va sayt — kassangiz ustida

laCafe iiko'ni almashtirmaydi. Plagin iikoFront ichida ishlaydi: mehmon QR, planshet yoki saytdan buyurtma beradi — u kassada oddiy buyurtma bo'lib ochiladi, oshxonaga chop etiladi, iiko'da yopiladi.

Nima ulanadi

Kassa kompyuteriga (Windows 10/11) bepul laBox o'rnatiladi, u iiko plaginini o'zi yuklaydi, imzosini tekshiradi va yangilab turadi. Plagin iikoFront bilan bitta jarayonda ishlaydi, alohida server kerak emas. Kataloglar iiko'dan olinadi — laCafe'da hech narsa qayta kiritilmaydi.

  • Mahsulotlar, narxlar va kategoriyalar
  • Modifikatorlar (min/max bilan)
  • Stollar va zallar
  • Ofitsiantlar
  • To'lov turlari
  • Stop-list — jonli, webhook orqali

Buyurtma qanday yuradi

Mehmon 7-stolda QR orqali osh va choy tanlaydi. Buyurtma bulut orqali plaginga, undan iikoFront'ga tushadi: 7-stolda yangi buyurtma ochiladi, oshxona printeridan chek chiqadi. Mehmon keyin shashlik qo'shsa — o'sha buyurtmaga qo'shiladi, yangisi ochilmaydi.

  • 1. Mehmon QR / laTable / saytdan buyurtma beradi
  • 2. Plagin buyurtmani iikoFront'da ochadi yoki mavjudiga qo'shadi
  • 3. Oshxona cheki chop etiladi
  • 4. Mehmon hisob so'raydi — mehmon cheki chop etiladi
  • 5. To'lov (naqd, karta, Payme/Click/UzQR/WLCM) iiko'da o'z to'lov turi bilan yopiladi
  • 6. Webhook: iiko'dagi har o'zgarish laCafe'ga qaytadi

Nima sinxron, mehmon nimani ko'radi

Narx iiko'da o'zgarsa — QR va planshetda ham o'zgaradi. Taom stop-listga tushsa, mehmon uni bosolmaydi: karta kul rang, tugma yo'q. Ofitsiant iikoFront'da buyurtmani xuddi o'zi kiritgandek ko'radi. iiko hisobotlari o'zgarmaydi — hamma sotuv o'sha yerda.

  • Narx, nom, kategoriya — iiko'dan
  • Stop-list — iiko'dan, jonli
  • Buyurtma holati va summasi — iiko'dan laCafe'ga
  • Rasm, GIF, video, KBJU, 3 til — laCafe admin paneldan (iiko'da bunday maydon yo'q)

Halol chegaralar

Plagin faqat iikoFront bilan ishlaydi. iikoOffice (back office, tannarx, ombor) tegilmaydi — tannarx laCafe'da qo'lda kiritiladi. Plaginni kassa kompyuteriga laBox o'rnatadi — paneldagi kodni kiritish kifoya. Mehmon buyurtmalari bulut orqali keladi, shuning uchun kassa kompyuterida internet kerak.

  • Kassa: Windows 10/11, iikoFront va laBox o'rnatilgan
  • Plaginni laBox o'zi o'rnatadi va yangilaydi
  • Ombor va tannarx iiko'dan olinmaydi
  • Yangi taom laCafe'da emas, iiko'da yaratiladi

Savol-javob

iiko bilan QR menyu ishlaydimi?

Ha. QR'dan berilgan buyurtma iikoFront'da o'sha stolda ochiladi. Narx va stop-list iiko'dan olinadi. Ofitsiant hech narsani qayta termaydi.

iiko'ni almashtirish kerakmi?

Yo'q. iiko kassa bo'lib qoladi: hisobotlar, smenalar, fiskal chek — hammasi iiko'da. laCafe ustiga mehmon qatlamini qo'shadi: QR, planshet, kiosk, sayt, Telegram.

Stop-list qanchalik tez yangilanadi?

iiko'da taom stop-listga tushishi bilan webhook keladi. QR va planshetda taom shu zahoti yopiladi. Tarix admin paneldagi stop-list hisobotida qoladi.

Internet uzilsa nima bo'ladi?

iikoFront o'zi ishlayveradi — kassir zaldagi buyurtmalarni odatdagidek kiritadi. Mehmon buyurtmalari bulut orqali keladi: ular bulutda saqlanadi va aloqa tiklangach kassaga tushadi. laBox aloqa uzilgani va tiklanganini bildirishnoma bilan aytadi.

iiko integratsiyasi qancha turadi?

Alohida integratsiya to'lovi yo'q, laBox ham bepul. Hammasi laCafe paketiga kiradi: paketlar oyiga 600 000 so'mdan, har paketda qurilmalar cheksiz. Paket filiallar va oylik buyurtmalar soniga qarab tanlanadi — batafsil /pricing sahifasida.

Modifikatorlar (masalan, oshga qo'shimcha go'sht) ishlaydimi?

Ha. iiko'dagi modifikator guruhlari min/max bilan olinadi. Mehmon QR'da "qo'shimcha go'sht" tanlasa, iikoFront'ga o'sha modifikator bilan tushadi.

Birinchi stolni bugun ulang.

Bir kunda o'z menyungiz bilan demo o'rnatamiz.